Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash yuzasidan qo’shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida qo’shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. XususanXiva tumani “Chanashik” mahallasida istiqomat qiluvchi “M.M.” ning xonadonida elektr energiyasidan foydalanish holatlari o‘rganilganda, jami quvvati 4,57 kVt bo‘lgan elektr jihozlari noqonuniy tarzda — o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichdan tashqari ulagan foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan elektron dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga jami 214,1 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi. ❕Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz! "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati