
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Ayni paytda viloyatimiz hududida kuzatilayotgan qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sharoiti sababli ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Mazkur holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 60 ta tezkor chiqish brigadasi shakllantirilgan bo‘lib, jami 381 nafar malakali xodim shahar va tumanlar kesimida tunu kun uzluksiz faoliyat olib borishga shay holatga keltirilgan. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari qisqa muddatlarda bartaraf etilishi ta’minlanadi. Bundan tashqari kunning istalgan vaqtida 1154 ishonch raqamiga yoki viloyatimiz elektr energiyasi iste'molchilari uchun 1051 qisqa raqamlariga murojaatlaringizni yo'llashingiz mumkin. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmat