Har qanday ob-havoda mas’uliyat va fidoyilik ifodasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash, shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida hududlarda keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan 110/35/10 kVli “Qo‘shko‘pir” podstansiyasidan chiquvchi “Pillakash” havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur amaliy ishlar doirasida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, ularning ishonchliligi va xizmat muddatini oshirishga qaratilgan. Ta’mirlash jarayonida tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Pillakash” havo tarmog‘idagi R-4209-sonli elektr qurilmasini yangi qurilmaga almashtirilmoqda. Ushbu yangilanish elektr energiyasi uzatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda iste’molchilar uchun sifatli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi. Ayni paytda ta’mirlash ishlari belgilangan jadval asosida, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etgan holda olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati