
XORAZM VILOYATIDA BAYRAM KUNLARI AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH MAQSADIDA BARCHA ZARURIY CHORALAR KO‘RILGAN Yurtimizga yangi 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan aholini bayram kunlari uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilib, 24 soatlik navbatchilik asosida xodimlar o’z vazifalarini sidqidildan bajarishmoqda. Xususan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin topshirig‘iga asosan ishchi guruh tomonidan Xonqa va Bog’ot tuman elektr ta'minotlarida tashkil etilgan tezkor chiquvchi brigadalar, maxsus avtotransport vositalari xizmatga tayyorligi, zaxira materiallari va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirmoqda. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati