
ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI Bugun, 22-dekabr kuni iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifani mashaqqat bilan tunu kun ado etayotgan bir guruh kasb fidoyilarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.M.Beregin sо‘zga chiqib, energetiklarimizni shukuhli bayram bilan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj va muvaffaqiyatlar tilashdi. Ta’kidlanganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish, xususan viloyatimiz bо‘ylab past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Olib borilgan bunday amaliy harakatlar natijasida joylarda elektr energiyasi yetkazib berish sifati birmuncha yaxshilandi. Ayniqsa, hozirgi qish oylarida tizimda 24 soatlik ish rejimiga о‘tilgani, “Tezkor dispetcherlik shtabi”, aholi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda tezkor hal etish bо‘yicha tizimli ishlar bajarilayotgani xalqimiz turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda. Ana shunday jarayonlarda belgilangan vazifalarni ma’suliyat va tajribaga suyangan holda sidqidildan bajarishga harakat qilayotgan hamkasblarimiz mehnatini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan bugungi tadbirda bir guruh jamiyatimiz xodimlari faxriy energetik, jamiyat rahbariyati nomidan faxriy yorliqlar va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati