🌍Xorazm turizm salohiyati “Euronews” nigohida 🎥Joriy yilda “Euronews”telekanalining ijodiy guruhi tomonidan O‘zbekiston hududlarida suratga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar “Silk Road Adventures” televizion dasturi doirasida tashkil etilib, mamlakatimizning boy madaniy merosi, hududlarning turizm salohiyati hamda zamonaviy rivojlanish jarayonlarini xalqaro auditoriyaga yetkazishga qaratilgan. Loyiha doirasida ijodiy guruh Xorazm viloyatida bo‘lib, hudud imkoniyatlarini keng qamrovda yoritildi. 🎞️Suratga olish jarayonlarida Xorazmning gastro-turizm va hunarmandchilik yo‘nalishlari asosiy mavzu sifatida namoyon etildi. Hududning o‘ziga xos turistik muhiti, milliy an’analar asosida shakllangan turizm mahsulotlari hamda sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar videomateriallarda aks ettirildi. Bu yo‘nalishlar Xorazmni noyob va raqobatbardosh turistik maskan sifatida ko‘rsatishga xizmat qiladi. 🏰Shuningdek, madaniy meros obyektlari bo‘ylab maxsus ko‘rsatuvlar suratga olinib, tarixiy obidalar, qadimiy shahar muhiti va ularning bugungi kundagi turizm hayotidagi o‘rni yoritildi. Tayyorlangan videomateriallar Xorazm viloyatining xalqaro turizm bozoridagi nufuzini oshirish, hududga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan muhim targ‘ibot vositasi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook