
🌏 Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam! 🇲🇾🤝🇺🇿 Bugun Malayziya davlatidan tashrif buyurgan turoperatorlar rahbarlari va sohaga oid mutaxassislar Xorazm viloyatining durdonasi — Ichon Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurishdi 🏰✨ Mehmonlar UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ushbu noyob tarixiy majmua bilan yaqindan tanishib, qadimiy Xiva shahri, uning boy madaniy merosi, me’moriy obidalari va ziyorat turizmi salohiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi 📜🕌 Tashrif davomida: • Ichon Qal’aning tarixiy obidalari 🏛 • Milliy madaniyat va an’analar 🎎 • Turizm infratuzilmasi va imkoniyatlari 🌿 keng muhokama qilindi. 🌟 Ushbu tashrif xalqaro turizm aloqalarini mustahkamlash, Malayziya bozoriga Xorazmning turizm salohiyatini targ‘ib qilish hamda yangi hamkorlik loyihalariga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook