
🕌🏰 Ichan-Qala majmuasi dunyoda yagona immersiv “Aqlli” shahar-muzeyga aylanadi 📜✨ Prezident qaroriga muvofiq, Xorazm viloyatining ko‘hna tarixiy yuragi — “Ichon-Qala” davlat muzey-qo‘riqxonasi zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda butunlay yangi bosqichga ko‘tariladi. 🌍🗺 Xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan yangi konsepsiya asosida bu hudud dunyodagi yagona immersiv “aqlli” shahar-muzeyga aylantiriladi. Mazkur tashabbus nafaqat tarixiy merosni asrash, balki uni zamonaviy raqamli yechimlar orqali global miqyosda targ‘ib qilishga qaratilgan. 🌐📈 💻 Loyiha doirasida Ichan-Qala hududida raqamlashtirilgan yo‘nalishlar, sensorli axborot tizimlari, kengaytirilgan haqiqat (AR) va virtual haqiqat (VR) texnologiyalari joriy etiladi. Turistlar endilikda tarixiy obidalarni nafaqat ko‘rish, balki ularning 3D rekonstruksiyalari , animatsion tarixiy sahnalari va interaktiv ovozli gidlar orqali yanada chuqurroq his qilish imkoniga ega bo‘ladi. 🌍✈️ Mazkur tashabbus Xorazm viloyatining turizm salohiyatini keskin oshiradi 📈, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlaydi 🏅🌏 va hududni butun dunyo sayyohlari uchun yanada jozibador maskanga aylantiradi. Shuningdek, loyiha orqali mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi, xizmat ko‘rsatish madaniyati va turizm infrastrukturasining zamonaviy standarti shakllanadi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook