
Karatechilarimiz Turkiya Open musobaqasiga yo‘l oldi Xiva shahar Olimpiya milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati Karate WKF yo‘nalishi tarbiyalanuvchilari joriy yilning 10–14 dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiya Open xalqaro musobaqasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar. Sportchilarimizga musobaqada omad va yuksak natijalar tilab qolamiz. Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.