So'nggi yillarda mamlakatimizda nogironlini bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, ularni xizmatlar bilan qamrab olish va ijtimoiylashtirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi.

Hozir respublikamizda jami 1 million 58 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar shundan, 173 ming nafari nogiroligi bo‘lgan bolalarni tashkil etadi.
Ushbu davrda mahallalarda ijtimoiy hodimlar uyma-uy yurib, 34,2 ming nogironligi bo‘lgan, lekin belgilanmagan shaxslarni aniqladi va ularga nogironlik belgilatdi (2025-yil – 13,1 ming, 2024-yil – 21,1 ming).
Joriy yildan nogironlik belgilashda yagona standartlar hamda raqamlashtirilgan tizim asosida amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
✅ Murojaat qilish tartibi kengaytirilib, “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali yoki oilaviy shifokorlar orqali murojaat qilish mumkin.
✅ Har bir bemorning holati va kasalligi turidan kelib chiqib, davolanish muddati individual belgilanadi.
👂 Protez va reabilitatsiya vositalariga muhtoj 91,9 ming shaxslar kerakli moslamalar bilan ta’minlandi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 3 baravar, 2024-yilga nisbatan esa 1,5 baravar ortib, ushbu maqsadlar uchun 138,2 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
Kafolatlangan tarzda ta’minlanadigan mazkur vositalarining ro‘yxati 18 tadan 38 tagacha (2024-yilda +12 ta, 2025-yil +8 ta) kengaytirildi.
🏃 Mazkur vositalarni olgan shaxslarning 7,3 ming nafarini rasmiy bandligi ta’minlandi, 5 ming nafari ta’limga, 1 ming nafari adaptiv sport turlariga jalb etildi.
Joriy yildan nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlash va ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida yangi platforma – daw.ihma.uz ishga tushirildi.
Dastur doirasida 27 ming nafar ishlash istagi bor nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxati shakllantirildi, ularning 14 ming nafari (52 foizi) ishga joylashtirildi.
Yangi loyihalarni amalga oshirish orqali 150 ming nogironligi bo‘lgan shaxslarning rasmiy bandligi ta’minlandi.
👫 Joriy yildan boshlab, ilk marotaba barcha tuman va shaharlardagi bog‘chalarda jami 656 ta inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil etildi hamda 1 171 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limga jalb etildi.
🔮 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim dargohiga borib kelishi uchun butun respublika bo‘ylab “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Xizmatdan foydalanish uchun 678 nafar shaxslar ro‘yxatdan o‘tib, 1,6 ming qatnov amalga oshirildi.
👍 2025-yildan boshlab nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 458 ta kunduzgi parvarish guruhi tashkil etildi. Natijada 3 457 nafar bola parvarish, ta’lim va tarbiya xizmatlari bilan qamrab olindi.
🦿Joriy yilda adaptiv sport turlari reestri ishga tushirilib, unga jami 89 ta sport turi kiritilib, tasdiqlandi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning 90,3 ming nafari (yillik reja 45 ming, o‘sish sur’ati 2 baravar) ommaviy (besh tashabbus, inson uchun marafoni) hamda adaptiv sport turlariga jalb qilindi.
👥 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida 27,2 ming shaxslar agentlik tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 23 ming shaxslar reabilitatsiya qilindi.
👨🦯 Shuningdek, harakatlanishda qiynalayotgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 24,5 ming nafar shaxs “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari bilan qamrab olindi.
Batafsil ma'lumot veb-saytda (https://ihma.uz/news/nogironligi-bolgan-shaxslar-korsatilgan-yordam-va-ijtimoiy-xizmatlar-togrisida-malumot)