
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyi uchun 1 kilogramm palov tayyorlashning hisoblangan qiymati hududlar kesimida quyidagicha shakllandi (raqamlar yaxlitlangan):
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 98 100 so‘m;
- Andijon viloyati – 105 800 so‘m;
- Buxoro viloyati – 107 500 so‘m;
- Jizzax viloyati – 109 300 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 111 100 so‘m;
- Navoiy viloyati – 109 200 so‘m;
- Namangan viloyati – 108 600 so‘m;
- Samarqand viloyati – 112 500 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 111 400 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 104 100 so‘m;
- Toshkent viloyati – 112 000 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 115 200 so‘m;
- Xorazm viloyati – 106 600 so‘m;
- Toshkent shahri – 116 100 so‘m.
Statistik hisob-kitoblarda 1 kilogramm palov tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar to‘plami asos qilib olingan:
- kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
- piyoz – 300 gr;
- mol go‘shti – 700 gr;
- sabzi – 1 kg;
- guruch – 1 kg;
- no‘xat – 100 gr;
- zira – 10 gr;
- osh tuzi – 20 gr.