«O‘zgidromet» 1 dekabr, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishi haqida prognozlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
«O‘zgidromet»ning qish mavsumi uchun ob-havo prognozi
Dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha oylik harorat normaga nisbatan 1–1,5 daraja baland bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlikda havo asosan iliq: kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +10…+15 daraja. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat keskin o‘zgarib turadi: kechasi +2…+7 darajadan 0…–5 darajagacha, kunduzi +12…+17 darajadan +2…+7 darajagacha. Oylik yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida yoki undan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarda harorat katta diapazonda o‘zgarib turadi: kechasi +3…+8 darajadan –3…–8 darajagacha, kunduzi +10…+15 darajadan –2…+3 darajagacha. Uchinchi o‘n kunlikda anomal sovuq kutilmoqda. Ko‘pchilik hududlarda kechasi –12…–17 daraja,  kunduzi –5…–10 daraja, Nukus va Urganch atroflarida kechasi –20…–25 darajagacha tushishi mumkin.
Fevral oyi ko‘p yillik normalarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘n kunlikda anomal sovuq davom etadi: kechasi –5…–10 daraja, kunduzi –3…+2 daraja. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli iliydi: kechasi –2…–7 daraja dan +3…+8 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajadan +10…+15 darajagacha. Janubiy hududlarda kunduzgi harorat +15…+20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yor doirasida bo‘ladi.
Mazkur prognoz iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ehtimoliy sovuqlar va noqulay ob-havo sharoitlariga tayyorgarligini ta’minlash maqsadida tayyorlangan. Prognoz yakuniy xarakterga ega emas, ob-havo sharoitlariga muvofiq o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.