#Xushxabar 🇺🇿 UrDPI vakili “Ilm yulduzlari” Respublika tanlovida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi arafasida Toshkent shahrida “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining VII Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Olima” uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Bu yilgi Respublika bosqichi 7-marotaba o‘tkazilib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 15 nafar ishtirokchi (shundan 3 nafari Toshkent shahridan) uch yo‘nalish bo‘yicha bilim va mahorat sinovidan o‘tdi. Quvonarlisi, Xorazm viloyati vakilasi, UrDPI nomidan ishtirok etgan Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari boʻyicha PhD, dotsent v.b. Yakubova Shaxnoza tanlovda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ustozimizni mazkur e’tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda ilmiy va pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube