
#Konstitutsiya_kuni 🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! Sana munosabati bilan Xorazm viloyati Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog‘i hududida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi. Tadbirda viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Shu qatorda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari ham o‘zlarining ko‘rgazmali burchagi bilan keng jamoatchilik hamda yoshlarga bojxona organlari faoliyati va xizmatni o‘tash tartibi haqida ma’lumotlar berishdi.