
⚡️⚡️⚡️Yana bir xushxabar! 🥇🏆 UrDU TALABASI — O‘ZBEKISTON CHEMPIONI! Andijon shahrida yopiq inshootlarda kattalar hamda U-20 yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Ushbu chempionatda Urganch davlat universitetining sportchi talabalari ham yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotgani universitet jamoasini faxrga toʻldirmoqda. 🎉Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Sardor Adamboyev musobaqaning 60 metr masofaga yugurish finalida 7,05 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bu bilan saralash bosqichidagi natijasini (7,19) 0,14 soniya yaxshilashga ham erishdi. Shu tariqa Oltin medalni qoʻlga kiritdi hamda OʻZBEKISTON CHEMPIONI boʻldi. 🎉G‘alaba bilan sportchimizni, ustoz-murabbiylarini va barcha universitetimiz jamoasini samimiy muborakbod etamiz! Yangi zafarlar tilaymiz! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube @xorazmfaxrim