🏐Gandbol bo'yicha O‘zbekiston chempionati o'tkazildi Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida gandbol bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Murosasiz bellashuvlar ostida kechgan ushbu musobaqada yuqori darajadagi o‘yinlar namoyish etildi. “Urganch RANCH” ayollar jamoasi to‘rt davra yakuni bo‘yicha O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Xorazmlik sportchilar – OKMK (Toshkent viloyati) jamoasini 36:35, kumush medal sohibi Toshkent shahri jamoasini esa 43:41 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. G‘alabangiz barakali va davomli bo‘lsin! Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.