
#xushxabar 🥇🏆 UrDU TALABASI — O‘ZBEKISTON CHEMPIONI! Andijon shahrida yopiq inshootlarda kattalar hamda U-20 yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda. 🎊Quvonarlisi, ushbu chempionatda Urganch davlat universitetining sportchi talabalari ham yuqori natijalar bilan faol ishtirok etmoqda. Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Xursandbek MamatsalaYev U-20 yoshlar o‘rtasida uch hatlab sakrash bahslarida barchani ortda qoldirib, Oltin medal sohibiga aylandi. U eng yaqin raqibini 1 metr 2 santimetr farq bilan ortda qoldirgani musobaqaning eng yorqin natijalaridan biri bo‘ldi. 🎉G‘alaba bilan sportchimizni, ustoz-murabbiylarini va barcha universitetimiz jamoasini samimiy muborakbod etamiz! Yangi zafarlar tilaymiz! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube @xorazmfaxrim