
🏆 TURON YAKKAKURASHI BO‘YICHA VILOYAT CHEMPIONATI Xiva tumanida joylashgan sport maktabi bazasida sportning Turon yakkakurashi turi bo‘yicha kattalar, kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Xorazm viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar ishtirok etib, o‘z mahorat va tayyorgarliklarini namoyish etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz kechdi. Mazkur chempionat yosh avlodni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Turon yakkakurashini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.