
KARATE WKF: TURKIYA OPEN XALQARO MUSOBAQASIDA XORAZMLIK SPORTCHILAR YUTUQLARI Joriy yilning 10–14-dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida karate WKF bo‘yicha “TURKIYA OPEN” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli bellashuvda Xorazm viloyati sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar: 🥇1-o'rin - Berdiboyev Faridbek — Xiva shahar sport maktabi 🥈2-o'rin - Atajonov Timur — Xiva shahar OMSTBDIMI 🥉3-o'rin - Matyaqubov Timur — Xiva shahar OMSTBDIMI Sportchilarimizni qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tabriklab, kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz. Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.