
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi ✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 23-noyabridan 5-dekabrigacha Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarida Xorazm viloyati delegatsiyasi 16 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi. ✅ Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov musobaqa g‘oliblarini erishgan ulkan g‘alabalari bilan yana bir bor muborakbod etib, sportchilar va ularning murabbiylariga esdalik sovg‘alarni topshirdi. ✅Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Xorazm viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori Jumagaldiyev Usmanbay Ro‘zimmatovichga “O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube