
Ushu bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati: Xorazmlik sportchilar muvaffaqiyati Joriy yilning 12–14-dekabr kunlari Toshkent shahrida ushu sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Xorazm viloyati sportchilari munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdilar: 🥇oltin —Shonazarov Akmal (Xonqa tumani SM) 🥈kumush — Jabborberganova Oygul (Yangibozor 1-son SM) 🥉bronza — Gulimboyev Faxriddin, Odilbekov Asilbek (Yangibozor 1-son SM) Ushbu natijalar Xorazm viloyatida ushu sport turining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz. Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.