
#seminar Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar tushuntirilmoqda Hazorasp tumanida soliq va budjet siyosatiga kiritilgan o'zgarishlar bo'yicha tadbirkorlar bian uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Tuproqqalʼa tumani tadbirkorlari ham faol ishtirok qildi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab mulk, yer, qo‘shilgan qiymat, aylanmadan olinadigan, daromad va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotlarni soliq organlari shakllantiradi. Mazkur yangi tartib bo‘yicha soliq organlari o‘zi hisobotni shakllantirib beradi va hisobot muddatidan kechiktirilmagan holda soliq to‘lovchilar 5 kungacha uni o‘zgartirishlari mumkin. Agar shu muddatda o‘zgartirish kiritilmasa, bu soliq to‘lovchining hisobotga roziligini bildiradi. Seminarda shu kabi o‘zgarishlar bo‘yicha tadbirkorlarga batafsil tushuncha berildi va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads