
#qonunchilikdagi_yangiliklar #uchrashuv Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov Xonqa tumani "Markaziy dehqon bozori" savdo majmuasida xonqalik tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori ijrosi va elektron platformalardan samarali foydalanish tartibi, YaTT va o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish, onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, mobil ilovalar, raqamli platformalar va ularning afzalliklari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Tadbirda soliq tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari soliq to‘lovchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads