
#qonunchilikdagi_yangiliklar #uchrashuv Urganch shahridagi "Markaziy dehqon bozori"da Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori ijrosi va elektron platformalardan samarali foydalanish tartibi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirda YaTT va o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish, onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, mobil ilovalar, raqamli platformalar va ularning afzalliklari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Tadbir yakunida tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads