
Xorazm viloyati prokurori M.M.Axmedov tomonidan viloyatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va budjetga qo‘shimcha manbalarni jalb qilish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita” ijrosi ahvoli bo‘yicha tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
❗️Yig‘ilishda, sohalarda o‘tkazilgan tahlillar va natijalari bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning hisobotlari eshitildi.
✅ Shuningdek, yil yakuniga qadar yo‘l xaritalar ijrosini ta’minlash, sohalarda xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.🔴 Shuningdek, kelgusida o‘z sohasida yashirin iqtisodiyotning ulushini qisqartirish borasidagi ishlarni to‘g‘ri tashkil qilmagan mas’ul tashkilot rahbarlarining javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ogohlantirildi.