#qonunchilikdagi_yangiliklar Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish jarayoni 2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi: ▫️ barcha davlat xizmatlari uchun to‘lovlar; ▫️ elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar; ▫️ alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilish; ▫️ avtotransport uchun yoqilg‘i xaridi; ▫️ qiymati 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar; ▫️koʻchmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10-yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish. 👉 PF-246-son 10.12.2025-y. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads