
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Nizomga ko‘ra, transport vositasining ekologik toifasi – uning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik sinfiga muvofiq aniqlanadi.
Shu asosda, benzin, siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanuvchi avto:
- “Yevro-2” va undan yuqori – “toza” ekologik toifa;
- “Yevro-0” va “Yevro-1” – “o‘rta” ekologik toifa;
- “Yevro-4” va undan yuqori – “toza” ekologik toifa;
- “Yevro-3” – “o‘rta” ekologik toifa;
- “Yevro-0”, “Yevro-1”, “Yevro-2” – “zararli” ekologik toifa;
Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifasiga mos ravishda:
- “toza” toifa uchun – “yashil”,
- “o‘rta” toifa uchun – “sariq”,
- “zararli” toifa uchun – “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.
Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.
Manba: kun.uz
Tayyorlagan: Отабек Матназаров