4-dekabr, 09:45. IQAir platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo sifati ko‘rsatkichlari o‘zgarib turibdi.
Urganch – “O‘rtacha” daraja
Urganchda havo sifati indeksi (AQI) ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra 54 birlikni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich “Moderate” – ya’ni o‘rtacha daraja sifatida baholanadi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday sharoitda aksariyat odamlar bemalol kun davomida tashqarida harakatlanishi mumkin, biroq changga sezgir bo‘lganlar uchun ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Asosiy ifloslantiruvchi: PM2.5
Harorat: 3°C
Namlik: 70%
Kelgusi kunlarda AQI 54–59 oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent – “Juda noxush” daraja
Poytaxt Toshkentda esa havo sifati bugun ancha past ko‘rsatkich qayd etdi. Soat 9:00 holatiga ko‘ra AQI 215 bo‘lib, bu “Very Unhealthy” (juda noxush) toifasiga kiradi.
Ushbu darajada uzoq vaqt tashqarida bo‘lish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin, ayniqsa bolalar, keksa yoshdagilar va nafas yo‘llari kasalliklariga moyil insonlar uchun.

Asosiy ifloslantiruvchi: PM2.5
Harorat: 6°C
Kelgusi kunlarda ko‘rsatkich 61–103 oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Dunyo shaharlaridagi reytingda Toshkent 4-o‘rinda
IQAir joriy kungi global reytingida Toshkent eng iflos havoli shaharlar orasida 4-o‘rinda qayd etildi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onalarini Lahore (Pokiston), Dehli (Hindiston) va Dhaqa (Bangladesh) egalladi.

Mutaxassislar tavsiyasi
Iloji bo‘lsa, yuqori ifloslanish vaqtidagi ochiq havodagi jismoniy faollikni kamaytirish.
Binolarda ventilyatsiyani iloji boricha toza vaqtga moslab ochish.
Avtomobilda harakatlanayotganda “air recirculation” rejimidan foydalanish.
Nafas yo‘llariga sezgir fuqarolarga niqob taqish tavsiya etiladi.