
#qonunchilikdagi_yangiliklar #uchrashuv Soliq tizimining raqamlashtirilishi soliq to‘lovchilarga yanada tezkor, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda. Prezidentimizning “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (PQ-247, 12.08.2025-y.) muvofiq ushbu toifa fuqarolari uchun qator soliq imtiyozlari va yengilliklar belgilandi. Viloyat soliq boshqarmasi, Yangiariq tumani hokimligi hamda tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qarorning mazmun-mohiyati soliq to‘lovchilarga batafsil tushuntirildi. Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads