
#seminar Tadbirkorlar soliq qonunchiligidagi yangiliklar bilan tanishdi Bog'ot tumanida “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Soliq kodeksi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo'yicha tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi. Tarqatma materiallar asosida joriy yilgi soliq stavkalari, biznes vakillari uchun taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari hamda naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, faoliyatlari bilan bog‘liq taklif va muammolari tinglandi. Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads