Yangiariq tumanida kuzgi boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari O‘ktam Masharipov, tegishli soha mutaxassislari, tajribali agronomlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar davomida kuzgi boshoqli don ekinlarini agrotexnik talablar asosida parvarishlash, hosildorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, fermerlarga amaliy tavsiyalar berilib, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi. Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati