
Yangiariq tumanida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimi Zafarbek Matnazarov, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari hamda mehnat faxriylari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar qishloq xo‘jaligi sohasining tuman iqtisodiyotidagi muhim o‘rni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining hissasini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Bayram munosabati bilan bir guruh ilg‘or fermerlar, mexanizatorlar va qishloq xo‘jaligi xodimlari tuman hokimligining tashakkurnoma hamda "Ilg‘or fermer" ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida madaniy dastur namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati