Mukofotlar muborak! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandilar. Jumladan, Xorazm viloyatidan quyidagi eldoshlarimiz mukofotlandi: «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni bilan Matniyozov Po‘lat Yoqubovich - Bog‘ot tumanidagi «Yoqub bobo o‘g‘li Omon» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan Masharipov Uktam Rustamovich - Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Latipov Sultonboy Allayorovich - Davlatlararo «Amudaryo» irrigatsiya kanallari boshqarmasining Toshsoqa bo‘limi boshlig‘i «Shuhrat» medali bilan Jumabayev Umirbek Sultanovich - Xonqa tumanidagi «Bog‘ibek Jonibek» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i Otamuratov Shonazar Sultanovich - Qo‘shko‘pir tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining veterinariya uchastkasi mudiri Xasanova Zarafshon Matyokubovna - Xiva tumanidagi «Qiyot bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sobirov Muzaffar Ravshanbekovich - Qo‘shko‘pir tumanidagi «Muattar» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube