Yangiariq tumani hokimi Zafarbek Matnazarov tumanning Chakir mahallasida joylashgan tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada bo‘ldi. Ayni paytda korxonada 80 nafarga yaqin xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Mazkur korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1,5 million dona trikotaj mahsulotlarini tashkil etadi. Tuman hokimi korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati hamda tadbirkor muammolari bilan yaqindan tanishib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi. Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati