Xorazm viloyatida sport-ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi 01/1964-A/F-sonli buyrug‘iga hamda joriy yil 6-noyabr kuni Sport vazirligi hay’atining navbatdan tashqari o‘tkazilgan 10-sonli yig‘ilishi bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Xorazm viloyatida sport-ta’lim muassasalari faoliyati joyiga chiqib o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan sport-ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar holati, sport seksiyalariga qabul jarayonlari, shuningdek, noolimpiya sport turlari faoliyati samaradorligini tizimli tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan. Mazkur jarayonda ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati chuqur tahlil qilinib, yo‘nalish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, Urganch hamda Shovot tumanidagi 1- va 2-son sport maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar holati joyida o‘rganildi. Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.