🇺🇿🤝🇨🇳 Xorazm delegatsiyasi Xitoyda: Anji Play tajribasi o‘rganilmoqda Xitoy Xalq Respublikasi Zhejiang provinsiyasidagi Anji Play tadqiqot markazi taklifiga binoan O‘zbekiston delegatsiyasi Anji okrugida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. 15–21-dekabr kunlari o‘tkazilayotgan tashrif doirasida delegatsiya “Anji Play” yondashuvining amaliy qo‘llanilishi bilan joyida tanishmoqda. Dastur asosida bolalar o‘yinlarini kuzatish, maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrif, pedagoglar bilan tajriba almashish hamda ta’lim muhitini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, safar davomida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, pedagoglar salohiyatini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi. Mazkur tashrif Xorazm viloyatida maktabgacha ta’lim sifatini xalqaro tajribalar asosida rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt