2026 yildan boshlab maktabgacha ta'lim muassasalariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan stajyor-tarbiyachilar va bogʻcha psixologlari ham majburiy kasbiy sertifikatlash sinovlaridan oʻtadi. Bir yillik ish muddati yakunlangach, faqat sertifikat olgan yoki attestasiyada etarli natija koʻrsatgan pedagoglar bilan doimiy mehnat shartnomasi tuziladi.

2026 yildan boshlab maktabgacha ta'lim tashkilotlarida birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-tarbiyachilar va bogʻcha psixologlari ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 740-son qarori bilan kasbiy sertifikatlash tartibiga kiritilgan oʻzgarishlarda nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, stajyor-tarbiyachilar hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologlari bir yil muddatga ishga qabul qilinadi. Mazkur muddat yakunlangandan soʻng kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma'lumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajadagi koʻrsatkichga erishgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda doimiy ravishda oʻqituvchi yoki psixolog-tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi.