
Karatechilarimiz Jahon kubogida yuqori natijalar qayd etdi Joriy yilning 12–14-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida karate WKF, WASK va WFSK yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Bog‘ot tuman sport maktabi sportchilari va murabbiylari munosib ishtirok etib, bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Musobaqa natijalari: Allaberganov Umrbek — kata bahsida 1-o‘rin🥇 Zaripov Umidbek — kata bahsida 1-o‘rin🥇 Hajiyeva Parizoda — kumite, +45 kg vazn toifasida 1-o‘rin🥇 Sobirov Og‘obek — kumite, -40 kg vazn toifasida 1-o‘rin🥇 Zaripboyeva Nigina — kumite, -40 kg vazn toifasida 2-o‘rin🥈 Narimanov Sardor — kumite, -60 kg vazn toifasida 2-o‘rin🥈 Farhadova Hayotxon — kumite, -30 kg vazn toifasida 3-o‘rin🥉 Soliyeva Zebiniso — kumite, +40 kg vazn toifasida 3-o‘rin🥉 Ibragimov Alisher — kumite, -40 kg vazn toifasida 3-o‘rin🥉 Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.