
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. 💰Hisob-kitob xodimga: 🔝oxirigacha olinmagan ish haqini; 🔝xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun kompensatsiyalarni; 🔝agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. 🗃Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. 👉 Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X