Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar...
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yangi imkoniyatlar!
Endi yangi raqamli tizim sizning biznesingizni yanada oson, tez va qulay qiladi.
📌 1 milliard so‘mgacha yillik aylanmaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar — endi atigi 1% soliq to‘laydi!
Qo‘shimcha qog‘ozbozlik yo‘q, ortiqcha vaqt sarfi yo‘q.
📌 Soliq hisobotlari avtomatik yuboriladi.
Hech qanday murakkab jarayonlarsiz — barchasi raqamli platformada.
📌 2026-yildan barcha to‘lovlar maxsus QR-kod orqali amalga oshiriladi.
Tez, xavfsiz va shaffof.
📌 Barcha xizmatlar endi onlayn!
Ro‘yxatdan o‘tish, shartnoma tuzish, hisob-kitoblar — hammasi elektron tarzda.
📌 Elektron hamyon orqali daromad qabul qilish, xodimlar va kontragentlarga to‘lov qilish imkoniyati.
Pul oqimlari tartibli, xavfsiz va bir joyda.
🎯 Asosiy maqsad:
— Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yanada qulay, raqobatbardosh biznes muhitini yaratish.
— Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va halol mehnat qiluvchilarga ko‘proq imkoniyat berish.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads