🇺🇿Urganch shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan harbiylar ishtrokida parad o‘tkazildi ✅Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yurtimizda keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Urganch shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan tadbirda Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, chavandozlar maktabi, talaba yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. ✅Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik, ajdodlarga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda, yosh avlod uchun ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi. Chunki Amir Temur nomi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday voqea – bu jasorat, adolat va Vatanga sadoqat timsolidir. Harbiylar tomonidan o‘tkazilgan ushbu parad esa ana shu fazilatlarni amalda ko‘rsatib berdi.