
Urganchda o’rnatilgan yangi yil archalari atrofida xavfsizlik ta’minlanmoqda🎄🎄🎄 Bayram munosabati bilan Urganch shahridagi 3 ta manzilda, Amir Temur istirohat bog’i, Olimpiya stadioni hamda Temiryo’l vokzali oldiga bayram archalari o‘rnatilib, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash borasida tunu-kun xizmat olib borilmoqda. 🎄🎄🎄Asosiy maqsad Xorazm viloyati aholisi bayramni a’lo darajada kutib olishlari uchun munosib sharoit yaratish hamda yangi yil kayfiyatini ulashish.