Bugun Xiva shahrida yangi “Marmar Saroy” to‘yxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda Xiva shahar obodonlashtirish bo‘limi ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Marosim doirasida ishtirokchilar uchun bayramona dasturxon yozildi, bolalar va obodonlashtirish xodimlariga bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbirda shahar hokimi so‘zga chiqib, shaharda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, shahar obodonchiligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining xizmatlarini alohida e’tirof etib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi. Pressa Khiva