🟦 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Sessiyada Urganch shahar hokimi B.M.Radjapov ishtirok etib, “Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarorining ijrosi yuzasidan shaharda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarorining shaharda ijrosini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Urganch shahar hokimligi axborot xizmati