Ro‘ziboyev Polvon Ataxon o‘g‘li — Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi etib saylandi Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiya qaroriga muvofiq, Ro‘ziboyev Polvon Ataxon o‘g‘li Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi lavozimiga saylandi. Yangi lavozimdagi faoliyatida P.Ro‘ziboyev Urganch shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq deputatlari Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazorati va jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishi ta’kidlandi. Urganch shahar hokimligi matbuot xizmati