
🤩 Urganch davlat pedagogika institutining navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi Bugun, 29-dekabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar. Majlis kun tartibiga muvofiq, “2023–2026-yillarda Urganch davlat pedagogika institutini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari” doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shuningdek, talabalarning “4+2” dasturi asosida amaliyotlarni tashkil etish jarayonlari, institutda kalendar yil ish rejasi asosida faoliyat yuritayotgan tuzilmalar — soha prorektorlari hamda rektor tasarrufidagi bo‘limlarning hisobotlari, shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar loyihalari muhokama qilindi. Majlis yakunida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube