E'TIROF ✅ Hurmatli Prezidentimiz yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida Urganch tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Otamurod Rayimboyevning iste’dodini alohida e’tirof etib, yosh iqtidor egasini ijodiy rag‘bat sifatida yengil avtomashina bilan taqdirlagan edi. ✅ Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov muhtaram Prezidentimizning sovg‘asini Otamurod Rayimboyevga oila a’zolari, ustozlari ishtirokida tantanali ravishda topshirdi. Yosh ijodkor va uning ota-onasi bunday yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube