
#Payshanba_yoshlar_kuni ✅ Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov Urganch tumanida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, texnikumlar bitiruvchilari bandiligini ta’minlash, dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar taqdimoti bilan tanishdi. ✅Shundan keyin viloyat hokimining tuman yoshlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, muammolari tinglanib, ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan aniq yechimlar belgilandi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube