
✅ Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. ✅ Viloyat hokimi joriy yilda yoshlarning sifatli ta’lim olish va kasb-hunar egallashlari, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtaldi. Kirib kelayotgan 2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan mahallalardagi yoshlar yetakchilarining mas’uliyati yanada oshirilishini ta’kidlab, ular oldiga qo‘yiladigan muhim vazifalarga e’tiborni qaratdi. ✅ Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlar yetakchilari viloyat hokimining tashakkurnomasi va sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube