✅ Joriy yilning 24-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishini e’lon qilgan edi. ✅ Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning yoshlar bilan dastlabki uchrashuvi Urganch shahridagi IT Park binosida Urganch davlat pedagogika instituti talabalari bilan o‘tkazildi. ✅ Viloyat hokimi yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi, uchrashuv qatnashchilarining taklif va tashabbuslarini tinglab, qo‘llab-quvvatladi hamda amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube